O‘zbekiston XDP Samarqand viloyat Kengashi “Yashil makon” umummilliy loyihasini hayotga tatbiq etmoqda

Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun jadal amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi bugungi kunda paydo bo‘layotgan ekologik muammolarni hal qilish maqsadida ilgari surilayotgan yechimlardan biridir. Tabiiy yashil hududlarning yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, noqulay ob havo sharoitlarini oldini olish kabi masalalarda yashil makonlarning ahamiyati kattadir. Shuningdek, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shahar va tumanlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, ushbu vazifalarni bajarish uchun 2 noyabrdan 10 dekabrgacha bo‘lgan muddat belgilanib, «dolzarb 40 kunlik» deb e’lon qilindi.
Prezidentimizning ushbu topshirig‘iga asosan, Xalq demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan alohida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, shunga ko‘ra viloyat hududi bo‘ylab amaliy ishlar olib borilmoqda. Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, partiyaning faollari, 400 dan ortiq boshlang‘ich tashkilotlari, 100 nafardan ko‘proq deputatlari ko‘chat o‘tqazish ishlarida faollik ko‘rsatishmoqda.
Xususan, Samarqand viloyat kengashi apparati hamda tuman va shahar kengashi mas’ullari tomonidan«dolzarb 40 kunlik» davomida viloyat bo‘yicha 100 mingga yaqin manzarali va mevali daraxtlar hamda gul ko‘chatlari ekish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga, ko‘chatlarni unib-o‘sishini doimo nazoratga olish kabi ishlarni amalga oshirishni maqsad qilib olishgan.
Darhaqiqat, hozirda iqlim o‘zgarishi barchani birdek tashvishga solmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir. Bu ishlarni bahor oylarigacha davom etishi, insoniyatga foyda keltiradigan darajada mamlakatimizni yashillikka burkashga olib keladi.
Shu kabi amaliy ishlar davomi sifatida viloyat kengashi mas’ullari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oqdaryo tumani hududiga bir qancha manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Ushbu jarayonda viloyat kengashi xamda tuman kengashi deputatlari faol qatnashdilar. “Yashil makon” nafaqat «dolzarb 40 kunlik» loyiha, balki xalqimizning ertangi kuni, mamlakat taraqqiyoti, farzandlarimizning sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi uchun bardavom tashabbus bo‘lmog‘i kerak. Atrofga 100 yillab toza havo baxshida etadigan daraxtlarning soyasida huzurlanib, mevasidan bahramand bo‘ladigan insonlar, kelajak avlod duosi har birimizga nasib etsin.
O‘zbekiston XDP Samarqand
viloyat kengashi raisi B.Nasriyev