O‘zbekistonda 10 ta tibbiy tez yordam vertolyotlari xarid qilinadi
Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Fransiya biznes forumi doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov Fransiyaning “Boehringer Ingelheim” kompaniyasi raisi Kristian Vijsen bilan muzokaralar olib bordi.
Muloqot davomida respirator, yurak-qon tomir va onkologik xastaliklar, OIV, tromboemboliyalar, serebrovaskulyar kasallik, qandli diabet, gepatit hamda Parkinsonni davolashga mo‘ljallangan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mazkur kompaniya rahbariyati bilan mahalliylashtirish imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga kelishib olindi.
Shuningdek, Fransiyaning “Airbus Helicopters” kompaniyasi rahbariyati bilan Respublika tez tibbiy yordam tizimi uchun 10 ta “Airbus N-145” rusumli tibbiy vertolyotlarni xarid qilish hamda mamlakatimizda Yevropa standartlariga mos tibbiy aviatsiya xizmatini tashkil etish, bu sohaning moddiy-texnika bazasini yaratish hamda mutaxassislar tayyorlash, tog‘li va chekka hududlarda tibbiy aviatsiya xizmatini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish istiqbollarini muhokama qildi.
Hamda tibbiy kislorod generatorlari, tibbiy gaz qurilmalari va tizimlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Gaz sistem” kompaniyasi raisi Jan Eduard bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqildi.