O‘zbekistonda 17-22 iyul kunlari havo harorati 47 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston hududiga 17—22 iyul kunlari Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayadi. Shu sababli «O‘zgidromet» rahbari Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja fuqarolarga shoshilinch axborot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, issiq havo massalarining kirib kelishi natijasida kunduz kunlari havo harorati quyidagicha ko‘tariladi:
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagacha;
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-43 darajagacha ko‘tariladi.
Shuningdek, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang to‘zonlar bilan 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.