O‘zbekistonda eng arzon osh qayerda tayyorlanadi?
- 02.11.2020 12:17
- 728
- O‘zbekiston
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)da kuzatuv o‘tkazildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, hududlar kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Bildirilishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.
Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.