Samarqand shahrida palov festivali boshlandi
- 27.04.2019 09:54
- 674
- Samarqand
Palov o‘zbek dasturxonining shoh taomidir. Viloyatimiz mehmonlari va sayyohlariga o‘zbek oshxonasining shoh taomi bo‘lgan palovning asrlar osha an’ana sifatida davom etib kelayotgani, tayyorlanish jarayoni, shuningdek, uning xilma-xil turlarini tanishtirish maqsadida bugun Samarqand shahrida palov festivali boshlanyapti.
Tadbirning yanada qiziqarli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida nafaqat samarqandlik, balki mamlakatimizning boshqa hududlaridan ham eng mahoratli oshpazlar taklif etilgan.
Samarqand viloyat musiqali drama teatri maydonida yettita qozon o‘rnatilgan. Lekin yomg‘ir yog‘ayotgani bois ayni paytda 4 ta qozonga osh damlanadi. Oshga marhamat!
Teglar:
Palov festivali