O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan shaxslar ulushi qancha?

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, joriy yilning yanvar-sentyabr holatiga jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 59 foizni tashkil etdi.

Shundan:
— erkaklar – 65,4 %
— ayollar – 52,4 %
Jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning shahar va qishloq aholisi bo‘yicha tahlil qilinganda:
— shaharda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchilar – 60,6 %
— qishloq joylarda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchilar – 57,2 %