O‘zbekistonda “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni ta’sis etildi

“Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni ta’sis etildi, orden to‘g‘risidagi nizom va ordenining tavsifi tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, orden bilan O‘zbekiston oldidagi alohida e’tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun:

- xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;

- xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;

- xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari;

- atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, ma’naviyat, madaniyat va sport sohalarining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu ishlari bilan nom qozongan metsenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari mukofotlanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.