O‘zbekistondagi sayyohlar eng ko‘p kelgan muzeylar beshtaligi

Bugungi kunda Madaniy meros agentligi tizimida 114 ta davlat muzeyi faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 37 tasi asosiy muzey, 71 ta muzeylar filiallari hamda ulardan 6 tasi muzey-qo‘riqxona hisoblanadi. 

Milliy statistika qo‘mitasi sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan muzeylar beshtaligini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 

- “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 1 million 35 ming 325 nafar;

- Registon ansambliga 908 ming 225 nafar;

- “Shon-sharaf” davlat muzeyiga 656 ming 335 nafar;

- “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 489 ming 208 nafar;

- “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 456 ming 917 nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar tashrif buyurgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil mobaynida yurtimizdagi barcha muzeylarga jami 4,8 million nafar mehmon kelgan bo‘lib, ulardan 1,4 million nafarini xorijiy sayyohlar tashkil etgan. Mamlakatimizda yildan-yilga ichki turizm salohiyati va xorijiy sayyohlar sonining ortib borishi respublikamiz tarixi va madaniy merosining jozibadorligidan dalolat beradi.