O‘zbekistonlik bloger “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirdi
Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat yurituvchi blog boshlovchisi bir vaqtning o‘zida 75 millat vakillarini bir sahnada birlashtira olgani uchun ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.
“Dunyo” nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, rekord yanvar oyining o‘rtalarida Dubayda o‘tkazilgan tadbirda rasmiy tasdiqlangan. Ginnes kitobi vakillari Fotima Hasanova tomonidan o‘rnatilgan “Ko‘p millat vakillarining bir sahnada yig‘ilishi va xoreografik raqs ijrosi” nominatsiyasida yangi rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.
F.Hasanova ushbu tadbirda milliy o‘zbek libosida chiqib, dunyoni tinchlikka da’vat etib, “Dunyo tinchligi uchun” shiori ostida qatnashdi. Fotima o‘z tashabbusi orqali o‘zbek xalqi madaniyati va an’analarini keng ommaga taqdim eta oldi.