O‘zbekistonning “Boqiy shahar”ida Hindistonning bayrami nishonlanyapti

“Buyuk ipak yo‘li” Samarqand xalqaro turizm markazi hududidagi “Boqiy shahar” majmuasida Hindiston mustaqilligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazilmoqda.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat va bugun Samarqand shahrida mehmon bo‘lib turgan Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjay Varma boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari ishtirok etayotgan tadbirda keyingi yillarda O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasidagi ta’lim, tibbiyot, turizm, iqtisod va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro hamkorliklar va ularning samaralari haqida so‘z yuritildi.

Bayram tadbirida hind va o‘zbek san’atkorlari tomonidan ikki tilda kuy-qo‘shiqlar ijro etilmoqda.