O‘zgarishsiz turgan uy-joyimga ko‘chirma olish uchun pul to‘lanadimi?
Turar joyim 2017 yil davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. Lekin men xuddi shu uy-joyimga qaytadan ko‘chirma olmoqchi bo‘lsam, xizmat uchun yana pul to‘lashim kerak bo‘ladimi?
A.BEGIMOV, Toyloq tumani.
Ushbu savolga Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Alisher Xolmanov javob berdi:
- Yo‘q. Murojaatga ko‘ra, avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan ko‘chirma berish davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq yig‘imlar undirilmaydi.