O‘zliDeP faollari ayrim deputatlarni saylangan hududida tanimasligini tanqid qildi
Bugun Samarqandda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 21-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 20-yalpi majlisida so‘zlagan nutqida O‘zLiDeP oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, O‘zLiDeP viloyat, tuman (shahar) Kengashlari a’zolari, Kengash raislarining sohalar kesimida o‘rinbosarlari, halq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlaridagi O‘zLiDeP duputatlik guruhi a’zolari, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari Ijroiya apparati xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi To‘lqin Eshnazarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisi Senatining 20-yalpi majlisida so‘zlagan nutqida deputatlar, Kengashlar oldiga qo‘ygan muhim vazifalarga to‘xtalar ekan, bugungi kunda ayrim deputatlarimizda faollik yetishmayotganligini alohida qayd etdi.
-Prezidentimiz deputatlarga to‘g‘ri talab qo‘ymoqdalar. Deputat – xalq noibi. U o‘zi saylangan okrugdagi har bir oilaning, xonadonning ahvoli haqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Vaholanki, ayrim deputatlarimizni saylangan hududlarida hech qim tanimaydi, - dedi T.Eshnazarov – Deputatlar bugun joylardagi muammolarini hal etishda, Prezidentimizga ko‘makdosh bo‘lishlari lozim.
Shuningdek, deputat T.Eshnazarov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi va 2019 yil 15 iyunda Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida o‘tkazilgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashning beshinchi sammitida so‘zlagan ma’ruzalarida mintaqada tinchlikni saqlash, o‘zaro siyosiy-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasidagi ilgari surgan takliflari jahon hamjamiyati tomonidan alohida e’tirof etilayotganligini qayd etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda, qonun ijodkorligida deputatlarimizni faollikka chaqirdi. Shuningdek, O‘zLiDeP oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Baxtigul Qarshiyeva, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.