Panjikentlik talabalar Samarqandda kuch sinashdi
- 27.04.2019 17:14
- 150
- Sport
Samarqand davlat chet tillar institutida 9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan sportning voleybol va armrestling turi bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik musobaqasi tashkil etildi.

Unda Tojikiston Respublikasining Panjikent pedagogika instituti va Samarqand davlat chet tillar instituti talaba-sportchilari g‘oliblik uchun bellashdi.

O‘rtoqlik uchrashuvida sportning armrestling turida mehmonlar ustun kelgan bo‘lsa, voleybolda durang natija qayd etildi.
– Mazkur musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad, avvalo, ikki xalq o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, shu bilan birga yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdir, – deydi institut prorektori Otabek G‘aybullayev.

O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Temuriylar davrining buyuk me’mori
- Kecha, 22:10
- Madaniyat
Ҳаётни сақлаб қолган билим: Мансурнинг ҳикояси
- Kecha, 14:13
- Jamiyat