Parkinson kasalligini “chip” o‘rnatish yo‘li bilan davolash yo‘lga qo‘yildi

Parkinson kasalligi hozirgi zamon neyroxirurgiya va nevrologiyasining eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, dunyoda har 1000 odamdan 1-3 tasida (0,1-0,3foiz) kuzatiladi.

Mamlakatimizda ham ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni ortmoqda.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ilmiy-amaliy markazida Turkiyaning Medichal Park klinikasi professori Said O‘zturk ishtirokida mamlakatimizda birinchi marta yangi jarrohlik davolash usuli yo‘lga qo‘yildi.

Parkinson kasalligini xirurgik davolashda 5 yildan beri ushbu kasallik bilan og‘rib kelayotgan 63 yoshli bemorning bosh qismiga “chip” o‘rnatish orqali operatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Ushbu murakkab texnologiyali operatsiya mamlakatimiz neyroxirurgiyasida parkinson kasalligini xirurgik yo‘l bilan davolashdagi ilk qadam bo‘ldi.