Partiya viloyat Kengashi raisi chekka qishloqlarda yashovchi kam ta’minlangan oilalarning holidan xabar oldi

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati, O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi raisi Sherali Yuldashev Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Jizmonsoy mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi. Ularga  ehson ulashdi, muammolarini o‘rgandi.

Jumladan, yolg‘iz ayol Shirin Islomova 57 yoshda bo‘lishiga qaramasdan yoshga doir nafaqaga chiqa olmayotganligidan arz qildi. Deputat shu yerning o‘zida  Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi rahbari bilan telefon orqali bog‘landi. Murojaatchiga qonun doirasida belgilangan tartibda tez kunlarda amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.

Uchrashuvda I guruh nogironi Saydullo Umarov uyining tomi shifer qilinmaganligi tufayli yog‘in-sochin kunlarida chakka o‘tishi, ta’mirlashga imkoni yo‘qligini aytdi. Ushbu muammo bo‘yicha partiya viloyat kengashi rahbari saxovatli tadbirkorlar ko‘magida bu muammoni ham hal qilishini aytdi. Xonadon sohiblariga faqat ko‘makka qarab qolmasligi, bo‘sh turgan tomorqasidan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, Sh.Yuldashev ushbu oilalarga parrandachilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishlari uchun ham amaliy ko‘mak berishini, Jizmonsoy qishlog‘ida tadbirkorlik qilish istagi bor fuqarolarga esa imtiyozli kreditlar olishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. 

Baxtigul Qarshiyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi matbuot kotibi.