Partiyalar faoliyatidan

Partiya viloyat kengashi "Ayollar qanoti" va "Yoshlar qanoti" yetakchilari  tomonidan Payariq tumanidagi Xalqobod mahallasi fuqarolari bilan muloqot tashkil etildi. Aholi xonadonlariga tashrif buyurgan partiya faollari kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan insonlar holidan xabar olishdi.
O‘zMTDP viloyat kengashi matbuot
xizmati.

***

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat va Samarqand shahar kengashlari tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 
***
Samarqand tumanida  o‘tkazilgan "Islom Karimov – istiqlol me’mori" mavzusidagi xotira tadbirida partiya markaziy kengashi raisi o‘rinbosari U.Vafoyev, viloyat kengashi raisi M.Usmonov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov kelajakni ko‘ra oladigan dono siyosatchi bo‘lganini ta’kidladi. 
Madina RAHMATULLAYeVA.

***

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Maxmatmurodov "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Nurobod tuman kengashidagi deputatlik guruhi bilan birgalikda Ulus qishlog‘idagi ijtimoiy soha ob’yektlari faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar fuqarolarning aynan shu yo‘nalishdagi jiddiy e’tirozlari asosli ekanligini ko‘rsatdi.
Xususan, tumandagi sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, kommunal xizmat, yo‘lsozlik singari ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida ko‘p muammolar aniqlanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli idoralar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari bilan murojaat qilindi va ijro nazoratga olindi. 

***

Tumandagi "Sharq  yulduzi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rgangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Palvonovning aholi bilan o‘tkazgan muloqotida 16 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Tumandagi mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan ushbu masalalarni ijobiy hal etishga kelishib olindi.