Past Darg‘omda soatiga 150 metr kub tosh maydalovchi sex ishga tushdi
- 12.03.2020 14:10
- 274
- Samarqand
2019 yilning oxirlarida Madaniy yurish mahallasi hududidagi 6,5 gektar yerda eronlik hamkorlar bilan qurilishi boshlangan tosh maydalovchi sex bugun o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu sex soatiga 150 metr kub toshni maydalash quvvatiga ega. Korxona ishga tushgach, 22 ta ish o‘rni yaratildi. Korxona ikki turdagi mahsulot, ya’ni yuvilgan qum hamda chaqilgan tosh ishlab chiqaradi.

Kelgusida korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga tumandagi qurilish bunyodkorlik ishlariga ketadigan xarajatlar tannarxini kamaytirish maqsad qilingan. Jumladan, tumandagi avtomobil hamda piyodalar yo‘lagini tamirlash, kam ta’minlangan oilalarga uy, maktab, bog‘cha qurish ishlari bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga mahsulot yetkazib beradi.
Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ijtimoiy tarmoq yoshlarning vaqtini o‘g‘irlayapti
- 1 soat avval
- Jamiyat
Ta’lim aqlli intellekt girdobiga tushmasligi kerak
- Bugun, 12:49
- Ta’lim
Tahririyatning vijdoni edi
- Bugun, 09:20
- Mutolaa
Tokio taksisidagi halollik darsi
- 19/01, 18:15
- Mutolaa
Odamovi Matseslar
- 19/01, 17:11
- O'qing, qiziq!