Past Darg‘omning har bir mahallasiga ijodkorlar boradi

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab har bir mahallada “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, ana shunday tadbir Past Darg‘om tumanining Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.
Unda taniqli olimlar, shoirlar, tuman faollari, san’atkorlar, iqtidorli va tashabbuskor yoshlar, sportchilar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida sport musobaqalari, rasmlar, hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotidagi tub islohotlarga bag‘ishlangan ma’rifiy ma’ruzalar bilan birga, madaniy tadbirlar, savol-javob viktorinalari o‘tkazildi.
“Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi tadbirlar tumanning har bir mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.