Paxta qabul qilish maskanida soxtalashtirish jinoyati sodir etilgani aniqlandi
- 07.10.2019 18:00
- 286
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shumanay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda “Shumanay paxta qabul qilish maskani” mansabdor shaxslari “J” fermer xo‘jaligi tomonidan joriy yilning 13-15 sentyabr kunlari 2.580 kilogramm paxta xomashyosi topshirilgan bo‘lsa-da, jamiyat pul mablag‘larini talon-toroj qilish maqsadida, yuk xatlari va “ECAS” elektron dasturiga soxta ma’lumotlar kiritib, umumiy qiymati 20,8 million so‘m bo‘lgan 5.940 kilogramm paxta xomashyosini qo‘shib yozib, hujjatlarni soxtalashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “Shumanay paxta qabul qilish maskani” mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa