Paxtachida telefon o‘g‘risi ushlandi

Paxtachi tumani, Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.A. ichki ishlar idorasiga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 may kuni soat 20:30 larda noma’lum shaxs uyi oldida uni qo‘rqitib, kuch ishlatib, “Samsung” rusumli mobil telefonini olib qo‘yganligini ma’lum qilgan.

Xodimlar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiobod MFYda yashovchi, Sh.B. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda, deb xabar berdi IIV axborot xizmati.