Payariq tumanidagi nomsiz ko‘chalar nomlanadi

Bugungi kunda tumanda 3 mingga yaqin nomsiz ko‘cha bor. Yaqinda Payariq tumani hududidagi Toponimik ob’yektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishida ushbu masala muhokama etildi.

Tumandagi nomsiz ko‘chalar deyarli barcha mahallalarda joylashgan.

Yig‘ilishda geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan hududdagi nomsiz ko‘chalarni nomlash bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha respublika komissiyasiga 2887 ta ko‘chalar nomi kiritilgan takliflar taqdim etiladigan bo‘ldi. Ushbu takliflar tasdiqlanganidan so‘ng, hududdagi nomsiz, takroriy va qonunga muvofiq emas deb topilgan ko‘cha nomlari qonun talablariga mos ravishda nomlanadi.