Payariqda 5 nafar mahkum muddatidan oldin ozod etildi
- 15.06.2020 10:30
- 169
- Jamiyat

2020 yil 10 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudida Payariq tumani IIO probatsiya guruhi tomonidan taqdim qilingan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
Sud taqdimnomalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi talablariga asoslangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016 yil 27 dekabrdagi “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Qarorida rahbar tushuntirishlariga rioya qilgan holda mahkumlar jazo muddatini o‘tashlari davomida tegishli xulosa chiqarib olishganligi, tuzalish yo‘liga o‘tganligini inobatga olinib, besh nafar mahkumni tayinlangan jazolarni o‘tashlikdan muddatidan ilgari ozod qildi.