Payariqda homiladorlarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish ishlari boshlandi

Nuqsonli bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida Chelak ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga zamonaviy ultratovushli (4D dopler) tibbiy uskuna o‘rnatildi.

Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan joylarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, bu borada aholiga qulayliklar yaratish va nuqsonli bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida Payariq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Chelak ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga ultratovushli (4D dopler) tibbiy uskuna o‘natilib, homiladorlarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish ishlari boshlandi.

Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashining qaroriga binoan mahalliy byudjet xisobidan 500 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi.