Pedagog xodimlarga kasb bayrami munosabati bilan beriladigan mukofot puli oshirildi

Ilgari o‘qituvchilar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi (577 500 so‘m) miqdorida mukofot olishgan.

Yangi tartibga ko‘ra, Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining  2019 yil 30 sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari faqat 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida (866 250 so‘m) mukofotlanishi mumkin.

Ushbu o‘zgarish 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab kuchga kiradi.