Peruda siyosiy inqiroz: Prezident hibsga olindi
Peru prezidenti Pedro Kastilyo o‘zining impichmenti masalasini muhokama qilayotgan parlamentni tarqatib yubordi va kommendantlik soati o‘rnatdi.
Noyabr oyi boshida korrupsiyada ayblanayotgan Kastilyoga qarshi butun mamlakat bo‘ylab norozilik to‘lqini tarqaldi (unga qarshi 6 ta jinoiy ish ochilgan). Davlat rahbarining o‘zi barcha ayblovlarni rad etib, ularni siyosiy ta’qib, deb biladi.
Peru parlamenti Kastilyoga ikki marta impichment e’lon qilishga urindi. Bundan tashqari, deputatlar uni 5 yilga davlat lavozimida ishlashni taqiqlash imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Harbiy va politsiya Kongressni qo‘llab-quvvatladi va mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Kastilyo qo‘lga olingan.
Peru vitse-prezidenti Boluarte Kongressda davlat rahbari sifatida qasamyod qildi.
Kongressning tarqatilishi Peru tarixidagi birinchi voqea emas. Unga sobiq prezident, korrupsiyada ayblangan Martin Vizkarra ham duch kelgan. Biroq, bu qaror uni impichmentdan qutqara olmagan.