Peruda favqulodda holat e’lon qilindi

Peru hukumati sobiq Prezident Pedro Kastilo tarafdorlari tomonidan o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari tufayli 15 yanvardan boshlab mamlakatning ayrim hududlarida favqulodda holat e’lon qildi.

“2023 yilning 15 yanvaridan boshlab Puno, Kusko, Lima, Kalyao viloyatlarida, Apurimak viloyatining Andauaylas, Tambopata va Tauamanu hamda Mariskal-Neto provinsiyasidagi Torata shahrida 30 kalendar kun muddatga favqulodda holat e’lon qilindi”, deyiladi xabarda.

Ichki tartib Peru milliy politsiyasi va qurolli kuchlar tomonidan ta’minlanadi.

Shuningdek, Puno shahri aholisiga soat 20:00 dan 04:00 gacha uylarini tark etish taqiqlanadi. Taqiq 10 kun davomida amal qiladi.

Ma’lumot uchun: 2022 yil dekabrida Peru Prezident Pedro Kastilo iste’foga chiqdi. Va uning o‘rniga Dina Boluarte hokimiyatga keldi. Shundan so‘ng, sobiq mamlakat rahbari davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, hibsga olindi.

Bunga javoban mamlakatda muddatidan oldin saylov o‘tkazish talabi bilan hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi.