Peruda ekologik halokat: qushlar allaqachon neft mahsulotlari bilan zaharlangan, suzish, ov qilish yoki uchish uchun bemajol
Tinch okeanida 12 ming barrelga yaqin neft to‘kilishi oqibatida Peru qirg‘oqlari yaqinidagi alohida qo‘riqlanuvchi hudud orollarida istiqomat qilayotgan dengiz qushlari neftdan zaharlanish yoki ochlikdan nobud bo‘lish xavfi ostida.
AFP jurnalistlari va tabiatni muhofaza qilish xodimlari guanay qorabuzov (qush)lar zich yashaydigan Isla-Peskadores orolini ko‘rish uchun borishdi.
«Bugun biz dengizda suzayotgan qushni uchratdik va uni qayiqqa olib o‘tdik. Bir necha daqiqadan so‘ng u vafot etdi. Buning sababi - qushlar allaqachon neft mahsulotlari bilan zaharlangan, suzish, ov qilish yoki uchish uchun bemajol», deydi veterinar, ekspeditsiya a’zosi Jankarlo Inga Diaz.
15 yanvar kuni Tonga arxipelagidagi Tinch okeanidagi Xunga-Tonga-Xunga-Xaapay suvosti vulqonining otilishi natijasida yuzaga kelgan sunami Peru poytaxti - Lima (Janubiy AmerikadagiTinch okeani qirg‘oqbo‘yi shahri) shimolida turgan tankerdan neft to‘kilishiga olib keldi. Okeanga 12 ming barrelga yaqin neft to‘kilib, qo‘riqxonalar hududidagi o‘simlik va hayvonot dunyosiga xavf tug‘dirdi.
Umumiy ifloslanish maydoni quruqlikda 1,7 million kvadrat metr va okean yuzasida 1,2 million kvadrat metrni tashkil etdi. Hukumat hodisani Lima tarixidagi “eng dahshatli ekologik falokat” deb baholadi. Lima yaqinidagi plyajlar endi ana shunday ko‘rinishga ega:
G.Xoldorova tayorladi