Gazni rublga sotish qarori: Bu Rossiya uchun xatarmi yoki istiqbol
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 apreldan nomaqbul davlatlar bilan gaz uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Rublda to‘lash uchun Rossiya banklarida Rossiya milliy valyutasida hisob raqamlari ochish talab etiladi. Maqsad - Ukrainadagi urush tufayli G‘arb sanksiyalari oqibatlarini bartaraf etish, deyiladi Rossiya OAVlarida.
Bu haqdagi bayonotdan so‘ng Yevropada gaz narxi 1,5 -5foizga ko‘tarilgan. Oxirgi haftalarda Rossiya Markaziy banki rubl kursi tushib ketmasligi uchun bir vaqtning o‘zida stavkalarni 9,5 foizdan 20 foizga oshirgan.
Putinning Yevropani gaz to‘lovini rublda amalga oshirishga majbur qilish qarori asosiy importchilar – Germaniya, Italiya va Fransiya tomonidan rad etildi. Ayrim ekspertlar bu qadam rubl mustahkamlanishiga olib keladi desa, boshqalar "o‘yin" tavakkalchilikka arzimasligiga amin.
Galina Polonskaya, Euronews muxbiri:
Ba’zilar buni rublni qo‘llab-quvvatlash va unga talabni oshirishga urinish deb bilishadi. Lekin men bu harakatni hisob-kitob tizimidagi alg‘ov-darg‘ovlikka olib keladigan «mijozlarning eshikni qarsillatib yopib chiqib ketish» xavfi deb biladigan tahlilchi bilan gaplashdim. Bu gaz eksportiga juda bog‘liq bo‘lgan Rossiya iqtisodiyoti uchun haqiqatan ham xavfli dedi u.
Direktivga ko‘ra, import qiluvchilar Rossiyaning “Gazprombank”ida hisob raqami ochishlari kerak. U to‘lovni rublga aylantiradi. Ammo tomonlar stavka va xarajati aniq emas.
Shu bilan birga, rubl o‘z pozitsiyasini tiklamoqda. Bunga, jumladan, Markaziy bank tomonidan asosiy stavkaning 20 foizga oshirilishi yordam berdi.
Ammo bu chora-tadbirlar faqat qisqa muddatda samara beradi: Rossiya moliya tizimi yirik bozorlardan uzilib qolgan, sanksiyalar rejimi yanada kuchayishi mumkin.
Avvalroq G7 davlatlari va Yevropa Ittifoqi tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilmaganini bois Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirishdan bosh tortgan edi.
Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasidan energiya yetkazib berishni to‘xtatishga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmoqda. Misol uchun, Germaniyada, 2017 yilda hukumat Rossiya haqiqatan ham gaz ta’minotini to‘xtatgan taqdirda favqulodda vaziyat rejasini tasdiqlagan.