Petropavlovsk-Kamchatka shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yil 22 dekabr kuni Petropavlovsk-Kamchatka shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi S.R. vafot etganini ma’lum qildi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilmoqda.