Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pora bergan jinoyatchimi yoki uni olgan?

Samarqand shahridagi Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib o‘tgan navbatdagi davra suhbatida shu kabi savollarga javob izlandi. Tadbirda Samarqand viloyati sudi sudyalari korrupsiyaga oid jinoyatlar va ular keltirib chiqaradigan oqibatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

- Fuqarolarni huquqiy bilimdon va savodxon, ijtimoiy-siyosiy faol shaxs sifatida kamol toptirish hamma davrlarda ham dolzarb masala hisoblangan, - deydi viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi F.Qarshiyev. – Keyingi davrda qonunchiligimizga kiritilgan qator o‘zgartish va qo‘shimchalar targ‘ibot ishlari ahamiyatini yanada oshirdi.

Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash kerak, jamiyatning faol qatlami kundalik hayotda har xil munosabatlarga kirishishi nuqtai nazaridan turli huquqiy savollarga duch keladi. Bugungiday tadbirlar esa ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish barobarida shaxsiy muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynashi shubhasiz.

Darhaqiqat, davra suhbati davomida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy sud, joriy yilda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovi bilan birga mehnat nizolarini o‘ziga xos jihatlari bilan qiziqishdi. Shuningdek, muloqot davomida qarz va kredit shartnomalarini tushunchasi, shakli va turlari savollar o‘rtaga tashlandi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilga barcha savollarga viloyat sudi sudyalari tomonidan batafsil tushuntirish berildi.