Prezident: “Saxovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylari, shuningdek maxsus maktab-internatlardagi yurtdoshlarimizga har qancha g‘amxo‘rlik qilsak oz

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatda bo‘lib turibdi va bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdi.

Shu yerning o‘zida “Saxovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylari hamda maxsus maktab internatlari faoliyati bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda.

— Eng avvalo barchangizni, xalqimizni Ulug‘ ayyom kunlari bilan tabriklayman. Bu mavzuni bejizga aynan Muqaddas oyda va Juma kuni gaplashmayapmiz. Chunki ushbu qutlug‘ oyda Allohning marhamati bilan, butun yer yuziga baraka va yaxshiliklar yog‘iladi. Sabr-qanoat va xayr-saxovatli ishlar uchun ko‘p-ko‘p savoblar yoziladi.

Muborak Qur’oni Karimda ham “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir”, deb ta’kidlangan.

“Saxovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylari, shuningdek maxsus maktab-internatlardagi yurtdoshlarimizga har qancha g‘amxo‘rlik qilsak oz, - dedi davlat rahbari.

Hozir jamoatchilik vakillari, hokimlar va boshqa mutasaddilar bilan ochiq suhbat bo‘lib o‘tmoqda.