Prezident stipendiyasi sohiblari uchun afzalliklar belgilandi
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyalari har yili tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun stipendiyaning ikki barobari miqdorida tayinlanadi.
Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan magistratura talabalari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
Endilikda tayanch doktorantura va doktarantura ta’lim shakllari Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilmaydi.