Professor H. Boymurodov: “Chiqindilar terib olinishiga keng ommani jalb etish lozim”
Aholi tomonidan dorivor hamda kosmetika ashyosi sifatida ularning uzluksiz ravishda yig‘ib olinishi hamda kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Yana bir qator o‘simlik va hayvon turlari atrof-muhitning ifloslanishi natijasida kamayib bormoqda.
Har yili butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kunida jamoatchilik e’tibori yana bir bor ushbu muammolarga qaratiladi. Jumladan, Samarqand davlat universiteti talaba va o‘qituvchilari tomonidan "Zarafshon" davlat milliy bog‘iga ekskursiya uyushtirilib, bog‘ atrofidagi zamonaviy dunyodan darak beruvchi barcha materiallar – plastik idishlar, qog‘oz, sellofan paketlar va boshqa chiqindilar terib olinadi. Ammo bu kabi tadbirlarga, fikrimizcha, keng ommani jalb etish lozim. Kelajak avlodning bizga vaqtinchalik omonati bo‘lmish tabiatni saqlash har bir insonning vazifasi ekanini barcha his etsagina "Qizil kitob"imiz sahifalari ko‘paymasligi mumkin.
Husniddin BOYMURODOV,
biologiya fanlari doktori,
professor.
Maqolaning to‘liq matnini “Zarafshon” gazetasining 5 iyunda chop etilgan 66 sonida o‘qing!