Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Professor va dotsent ilmiy unvoniga tenglashtiriladigan faxriy unvonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Prezident qaroriga muvofiq professor va dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlariga ko‘ra, tenglashtiriladigan shaxslar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari ro‘yxati e’lon qilindi.

1. Professor ilmiy unvoni darajasiga tenglashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari:

➖“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”
➖“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”
➖“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”
➖“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri”

2. Dotsent ilmiy unvoni darajasiga tenglashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari:

➖“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”
➖“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi"
➖“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”
➖“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”