Prokurorlar o‘quvchilarni sayohatga olib chiqdi
- 13.12.2020 19:15
- 332
- Samarqand
Samarqand viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Qo‘shrabot tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bir guruh yuqori sinf o‘quvchilari uchun Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarga sayohat uyushtirildi.
Ichki turizmni rivojlantirish, maktab o‘quvchilarini moddiy va madaniy merosimiz, davlatchiligimiz tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan sayohat ishtirokchilari Payariq tumanidagi Imom Buxoriy ziyoratgohida, shuningdek, Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy obidalarda bo‘ldi.
Qo‘shrabotlik yoshlar Registon majmuasida Samarqand viloyati prokurori R.Masharipov va viloyat IIB boshlig‘i Sh.Rahmonov bilan uchrashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Viloyat prokurori o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi, ulug‘ ajdodlarimiz ma’naviy merosi to‘g‘risida so‘zlab berdi va ularni ota-bobolarimizga munosib voris bo‘lishga da’vat etdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 23 daqiqa avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 23 daqiqa avval
- Mutolaa
Kanallarni betonlashtirish suvni 30 foizga tejaydi
- 31 daqiqa avval
- Dolzarb
Xotin-qizlar sportda bellashdi
- Bugun, 11:58
- Sport
Sudya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
- Bugun, 11:51
- Samarqand