Navro‘z bayrami munosabati bilan 5 kunlik dam olish kunlari uchun chegirmalar e’lon qilindi
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2022 yil 19-23 mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi.
1. «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma joriy qilindi.
2. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlariga uchun:
- nafaqaxo‘rlar, nogironlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 50 foiz;
- oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;
- oilalarga (ikki va undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) uchun – 15 foiz;
- kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz;
- «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun - 10 foiz chegirmalar joriy qilindi.
3. «Vaqf» xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi.
Shu bilan birga, respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar, iIchki turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxati ilovaga muvofiq yuborilmoqda.