Qalbaki pul ishlab chiqargan ikki yigit qo‘lga olindi

Koson tumanida soxta pul yasab muomalaga kiritgan yoshlar qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB ma’lum qildi.

Surishtiruvlar davomida ma’lum bo‘lishicha, kosonlik yoshlar — Yo.B. va S.F. 200 dona 50 ming so‘mlik kupyuralarni rangli printerdan chiqarib, 2020 yil 24 yanvar kuni Koson tumanidagi “Olato‘n” bozoriga boradi. So‘ngra, u yerdan soxta pullarga kosonlik T.M.ning 10 million so‘mga baholangan ho‘kizini sotib oladi.

Uyga kelgan mol egasi pullar soxta ekanligini bilgach, bu haqda Koson tuman IIBga murojat qilgan. Nachora, qilmish-qidirmish degan gap bejizga aytilmagan.

Hozirda holat yuzasidan Koson tuman IIB TB tergov haraktlari olib borilmoqda.