Qamchiqdagi YTHda ikki fuqaro vafot etdi

Kecha, 8 iyul kuni soat 07:30 da Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 223-kilometrida 28 yoshli J.J. boshqaruvida bo‘lgan, sement yuklangan “ISUZU” rusumli avtomashinasini “Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va jarlikka ag‘darilgan. Buning oqibatida avtomashina haydovchisi J.J. va yo‘lovchisi, 23 yoshli Sh.J.lar tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar transport vositasini boshqarayotganda hushyor va sergak bo‘lishingizni hamda amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga qat’iy rioya qilishingizni, agarda sizda charchoq alomatlari bo‘lsa, transport vositasini boshqarmasligingizni so‘raymiz, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.