Qancha yurtdoshimiz xorijda mehnat qilmoqda?
- 10.07.2022 16:56
- 86
- Jamiyat

Joriy yilning 5 oyida jismoniy shaxslarning xorijdan pul o‘tkazmalari 4,19 milliard AQSh dollarini tashkil etgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 61 foizga ko‘p.
Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ma’lumotga ko‘ra, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari soni 2022 yilning 1 mart holatiga 2 356 954 kishini, ularning 568,5 ming (24,1 foizi) nafari xotin-qizlarni, 827,1 ming (35,1 foizi) nafari yoshlarni tashkil etadi.
Xorijdagi hamyurtlarimizning 1,5 million nafari Rossiya, 366,3 ming nafari Qozog‘iston, 144,7 ming nafari Turkiya, 47,4 ming nafari Janubiy Koreya va 348,1 ming nafari boshqa davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand