Qashqadaryoda koronavirusga chalingan so‘nggi bemor ham butkul sog‘aydi

Bugun Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan oxirgi bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘aygan bemor (erkak) 36 yoshda bo‘lib, Chiroqchi tumanidan. U koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lib, ushbu infeksiyani yuqtirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 6 nafar bemordan 5 nafari bir oilaning a’zolaridir. Bemorlarning barchasi Chiroqchi tumanidan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan.

SSV matubot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1134 nafarga yetdi.