Qirg‘iziston fuqarolarini Suriya va Iroqdan qaytarishni boshlaydi
- 19.08.2019 16:33
- 105
- Xorij
Qirg‘iziston IShID safida turli jinoyatlarni amalga oshirgan fuqarolarining farzandlarini mamlakatga qaytarish ishlarini boshlaydi. Ular reabilitatsiya dasturi doirasida qayta tarbiyalanadi.
Qizg‘iziston razvedkasining juma kungi bayonotida prezident Sooronbay Jeenbekov Suriya va Iroqdagi lagerlarda qolayotgan mamlakat fuqarolarini qaytarish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani aytilgan.
Ma’lum qilinishicha, avvalo, bolalar va yoshlar mamlakatga qaytariladi. Ularning yaqinlari esa tergov olib borilganidan keyin olib kelinadi.
Suriya va Iroqda taxminan 500-1000 nafar atrofida Qirg‘iziston fuqarolari bor. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Teglar:
Qirg‘iziston