Qishloq ayoli - fidoyi ayol, mehribon ona

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida 15 oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Unda Oqdaryo tumanida yashayotgan faol qishloq ayollari ishtirok etib, o‘zlarining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Qishloq ayoli bo‘laturib tinimsiz mehnat va tashabbuskorlik ortidan davlat mukofotlarini qo‘lga kiritganliklari, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganliklari, el e’tirofidagi inson bo‘lganliklari haqida so‘zlab berdi.

Tadbirda talabalar she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro qildi, milliylikka yo‘g‘rilgan raqslarni namoyish etdi.

Tadbir yakunida bir qator fidoyi va tashabbuskor talabalar taqdirlandi.