Qiyomat-qoyim markazi – Yelloustoun

Sovuq urush yillarida mish-mishlar tarqalgan edi: “Yelloustoun milliy parki” yadro kallakli sovet raketalari nishoni emish. Park yakson qilinsa, AQShning katta hududida jiddiy ekologik falokatni keltirib chiqarar ekan”.

Yaqinda Yelloustounda raketalar aralashuvisiz halokat boshlandi. To‘xtovsiz yoqqan yomg‘ir va qor qoplamining erishi oqibatida ro‘y bergan toshqin mamuriy markaz va aholi turarjoylarini vayron qildi. Milliy meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Yilloustoun daryosi suvi odatdagi oqimdan 4,2 metr balandlikka ko‘tarilgan. Bu 1918 yilda qayd etilgan 3,5 metr rekord suv ko‘tarilishidan ziyod. Mahalliy aholi, sayohatchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchilar evakuatsiya qilinmoqda. Mutaxassislar bu hali hammasi emasligidan ogohlantirmoqda. Oldinda yanada dahshatli - suv 7 metr, parkka tutash hududda katta vayrongarchilikni keltirib chiqaruvchi kuchli suv toshqini kutilmoqda.

T.Shomurodov tayyorladi.