Qizlar milliy qadriyatlarimizga mos kiyinadimi?

Samarqand tumanidagi 33-umumta’lim maktabida “Buvijonim kiygan liboslar” mazusida tadbir tashkil etildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova ishtirok etdi.
Tadbirda qizlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni, kiyinish madaniyatini targ‘ib etish bunday tadbirlarning tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Faol ishtirok etgan qizlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.