Qoidaga amal qilmagan haydovchi 10 yoshli bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Kecha, 8 avgust kuni soat 07:30 da Yunusobod tumanidagi Bog‘i shamol va Yangi shahar ko‘chalari chorrahasida uchta avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, “Xunday” rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Shoxruh T. svetoforning taqiqlovchi signaliga o‘tib ketib, 29 yoshli Botir S. boshqargan “Kobalt” va 24 yoshli Murodjon S. boshqarib borgan “Spark” avtomobillari bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida quyidagi fuqarolarga tan jarohati yetgan: “Kobalt” rusumli avtomobil yo‘lovchilari 40 yoshli Shukurullo A. va 32 yoshli Mahliyo K., shuningdek “Xunday” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 10 yoshli I.Sh. YTHdan jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi. Ammo shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, 10 yoshli I.Sh. hayotdan ko‘z yumdi.