Qonun loyihalari muhokamada

Unda O‘zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to‘g‘risida"gi, "Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi, "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi hamda "O‘zbekiston Respublikasining  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihalari muhokama qilindi.
– Bugun parlament tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan ushbu qonun loyihalari O‘zLiDeP fraksiya a’zolari, partiyamiz faollari, soha mutaxassislari, tadbirkor va fermerlar tomonidan muhokama qilinyapti, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rustam Qobilov. – Bu muhokamalar jarayonida bildirilgan takliflar, mazkur qonun loyihalarini parlamentda ikkinchi o‘qishda qabul qilish jarayonlarida qo‘llaniladi.
Davra suhbatida qonun loyihalari yuzasidan  yuzdan ziyod takliflar olindi.