Qonunlar mohiyati va majburiy talablar tushuntirildi

Raqobat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Raqobat”, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” va “Reklama to‘g‘risida"gi qonunchilik sohasidagi hujjatlar va ulardagi majburiy talablar yuzasidan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar hamda xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, viloyatdagi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalar va tabiiy monopoliya sub’yektlari hamda boshqa tadbirkorlik sub’yektlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda kun tartibidagi masala yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Shu bilan birga, Prezidentning joriy yil 3 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan hududiy boshqarma tomonidan auksion orqali yer uchastkalari, bino va inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish jarayonida mavjud muammo va takliflar muhokama etildi.

Boshqarma axborot xizmati.