Qopqoqli niqoblarning asosiy kamchiliklari aytildi
“Rospotrebnadzor” qopqoqli (klapan) niqoblarning asosiy kamchiliklarini aniqladi. Bu haqda RIA Novostiga “Rospotrebnadzor” markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti molekulyar diagnostika markazining yetakchi mutaxassisi Mixail Lebedev aytib berdi.
Unga ko‘ra, bunday niqobda kassallangan odam nafas chiqarganda "barcha viruslarini boshqalarga tarqatadi". Qopqoqli niqoblar faqat tibbiyot xodimlari kabi professional vazifani bajaruvchilarga mos keladi. Chunki bunday himoya vositasi nafas olishni ancha osonlashtiradi. Ba’zi aviakompaniyalar koronavirus tarqalishiga to‘siq bo‘lolmagani sababli qopqoqli niqob taqqan yo‘lovchilarni bortga kiritishmayapti.
Avvalroq Lebedev tibbiy himoya niqobi o‘rniga sharfdan foydalanish samaradorligiga baho bergan edi. «Sharflar viruslardan himoya vositasi bo‘lishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Hatto, niqoblar ham koronavirusdan to‘g‘ri foydalangan holdagina samarali bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi mutaxassis. Niqob iloji boricha yuzga mahkam o‘rnashishi, burun va og‘izni yopishi kerakligini eslatdi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.