Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolar jarimaga tortiladi

Jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurish jarimaga tortishga sabab bo‘ladi, qonunchilikda belgilangan javobgarlik bekor bo‘lgani yo‘q.

Bu haqda AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi:

 «Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

Ushbu moddaga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 million 225 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi».