Qo‘qonda II xalqaro hunarmandlar festivali bo‘lib o‘tmoqda

Unda Samarqanddan 61 nafar kulollar, yog‘och o‘ymakorlari, zardo‘zlar, zargarlar, sangtaroshlar, matoga gul bosuvchilar va boshqa hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida  o‘tkazilayotgan mazkur festivalda 700 nafar mahalliy hamda 200 nafardan ziyod xorijiy hunarmand ishtirok etmoqda. Ularning 61 nafarini viloyatimiz vakillari tashkil etadi.

Hunarmandlar birdamlik yurishi bilan boshlangan tadbirdan yana bir esda qolarli voqea — Rishtonda Xalqaro hunarmandchilik muzeyi ochildi. Unda xorij ustalarining kulolchilik, kashtachilik, kandakorlik va boshqa yo‘nalishdagi qo‘l ishlari namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Festival davom etmoqda.